AsosiyJamiyat

Jizzaxda bir tunda ikkita uy yonib ketdi

'Jizzaxda bir tunda ikkita uy yonib ketdi'ning rasmi

Jizzax shahri va Baxmal tumanida 3 yanvardan 4 yanvarga o`tar kechasi xonadonlar yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.

3 yanvar kuni tungi soat 23:33 larda Jizzax shahar "Madaniyat" mahallasida joylashgan xonadonlarning birida yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.

 

Voqea joyiga shahar FVBning 2 ta yong`in-qutqaruv bo`linmasi yuborilgan.

Qutqaruvchilar aytilgan manzilga soat 23:38 da etib borgan va yong`in soat 00:02 da batamom o`chirilgan.Yong`in natijasida xonadonning 30 kvadrat metr maydonda tom-shift qismi yonib zararlangan. Jabrlanganlar yo`q.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko`ra, elektr simlarining qisqa tutashuvi yong`inga sabab bo`lgan. Ko`rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bundan tashqari, 4 yanvar kuni soat 00:30 larda Baxmal tumani “Fayzobod” MFYda joylashgan xonadonlarning biridan yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida 101 qisqa raqami orqali xabar kelib tushgan.

 

Tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 00:45 da batamom o`chirilgan va 42 kvadrat metr maydondagi moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar yo`q.

 

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yuqoridagi kabi ko`ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida fuqarolarni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya qilishga chaqirdi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketgani hamda ushbu viloyatda uy og`ilxonasida yong`in chiqib, 300 dona presslangan somon yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar