AsosiyJamiyat

Denovda o`rmon xo`jaligiga tegishli bo`lgan erni pullamoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

'Denovda o`rmon xo`jaligiga tegishli bo`lgan erni pullamoqchi bo`lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Denov tumanida 2021 yil 6 dekabr kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshvarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo`limi xodimlari tomonidan tumanning "Jomiy" mahallasi hududida, Sariosiyo tumanida yashovchi, A.Asomiddinning (ism shariflar o`zgartirilgan) arizasiga asosan tadbir o`tkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

 Tadbir davomida, tumanning "Pojur" mahallasida yashovchi, J.Bahrom mahallasi hududida joylashgan O`rmon xo`jaligiga tegishli bo`lgan 15 sotix er maydonini o`ziga tegishli ekanligini hamda kadastr hujjatlarini jami 105.000.000 (bir yuz besh million) so`m pul evaziga rasmiylashtirib berishni va`da qilib, A.Asomiddindan 30.000.000 (o`ttiz million) so`m pullarini olayotganida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

16 dekabr kuni J.Bahromga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar