2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub`ektlaridan quyidagi ma`lumotlarni va hujjatlarni talab qilish bekor qilindi:
- tadbirkorlik sub`ekti davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnoma ma`lumotlarini;
- lisenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to`g`risida tasdiqnoma mavjudligi bo`yicha ma`lumotlarni;
- davlat boji, yig`imlar va boshqa to`lovlar to`langanligi to`g`risida ma`lumotlarni;
- qimmatli qog`ozlar, qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshirilgan operasiyalar, dividendlar olinganligi to`g`risidagi ma`lumotlarni;
- kam ta`minlangan oila yoki oila a`zosi sifatida ro`yxatga olinganligi to`g`risida ma`lumotlarni;
- jismoniy shaxslar tomonidan to`langan va olingan alimentlar to`g`risida ma`lumotlarni;
- oliy ma`lumot to`g`risidagi diplom ma`lumotlarini;
- jismoniy shaxs o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasini tugatganligi haqida ma`lumotlarni;
- jismoniy shaxs umumiy o`rta ta`lim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida ma`lumotlarni;
- fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligi to`g`risida ma`lumotlarni;
- o`zini o`zi band qilgan shaxslar to`g`risida ma`lumotlarni;
- oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun imtiyozga ega bo`lgan abiturientlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to`g`risida ma`lumotlarni;
- moliyaviy hisobotlar nusxalarini;
- jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma`lumotnomalarni;
- ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to`langanligi to`g`risidagi ma`lumotnomalarni.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko`rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma`muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda yuqoridagi hujjat va ma`lumotlarni belgilangan mas`ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali so`rab oladi.






