AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz” yoqilg`i mahsulotlarini etkazib berish uchun “UNG Delivery” mobil ilovasini ishga tushirdi

'“O`zbekneftgaz” yoqilg`i mahsulotlarini etkazib berish uchun “UNG Delivery” mobil ilovasini ishga tushirdi'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig`iga asosan, aksiyadorlik jamiyati tassarufidagi barcha Avtomobillarga yoqilg`i quyish stansiyalarida iste`molchilarga qulaylik yaratish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

“O`zbekneftgaz” AJ tarkibidagi 70 dan ortiq avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchalarni o`z tarkibiga bilashtirgan “UNG Petro” MChJ tomonidan iste`molchilarga yoqilg`i mahsulotlarini etkazib berish xizmati faoliyati ishga tushirildi.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun UNG Delivery mobil ilovasini yuqlab olish kerak bo`ladi.

Google Play ➡️ yuklab_olish

App Store ➡️ yuklab_olish

Telegram Bot ➡️ kirish

Bu ilova avtomobilingizga yoqilg`i buyurtma qilish uchun mo`ljallangan.

Yoqilg`i buyurtma qilish uchun siz raqamingiz, ismingiz va familiyangizni kiritish orqali ro`yxatdan o`tishingiz kerak. Bu ma`lumotlar siz bilan bog`lanish uchun ishlatiladi.

Muvaffaqiyatli ro`yxatdan o`tgandan so`ng, sizga telefon raqamingizni tasdiqlash uchun SMS -kod yuboriladi.

Buyurtma berish uchun mashinangizni ro`yxatdan o`tkazishingiz kerak (agar bir nechta bo`lsa, barchasini ro`yxatdan o`tkazishingiz mumkin). Avtomobilni ro`yxatdan o`tkazish uchun ## - #123 ## yoki ## - 123 ### formatida avtomobil raqamini kiritishingiz kerak, bunda viloyat raqamini boshqa avtomobil raqamidan ajratib qo`yishingiz zarur.

Mashinangizni ro`yxatdan o`tkazgandan so`ng, siz buyurtma berishni boshlashingiz mumkin.

Shuni esda tutish kerakki, agar biron sababga ko`ra, oldin to`langan xaridni rad etsangiz, to`lov tizimdagi virtual hamyoningizga qaytariladi( etkazib berish xarajatlari bundan mustasno).

Savollar paydo bo`lsa, batafsil ma`lumot uchun +998-90-048-03-30, +998-90-049-03-30 telefon raqamlariga murojaat etish mumkin.

    Boshqa yangiliklar