AsosiyJamiyat

Buxoroda gazni tejovchi yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi

'Buxoroda gazni tejovchi yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi'ning rasmi

2021 yilning 31 dekabr kuni Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatining Buxoro tumanida qurilgan, quvvati 270 MVt bo`lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasining ilk qurilmasi ishga tushirildi.

Bu haqda O`zbekiston Energetika vazirligi ma`lum qilmoqda.

Ta`kidlanishicha, hozirda mazkur stansiyani O`zbekistonning yagona elektr tarmog`iga ulash bo`yicha ishlar jadallashtirilmoqda.

"Stansiya yaqin 2-3 kun ichida tarmoqqa quvvat uzatishni boshlaydi",-deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu issiqlik elektr stansiyasi Buxoro viloyatida birinchisi hisoblanadi. Stansiya yiliga 2,2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

"Loyiha qurilmalarining foydali ish koefisientining yuqoriligi hisobiga yillik 260 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gazga qo`shimcha 900 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi, buning natijasida (ushbu 900 million kilovatt-soat elektr energiyasi bilan) 450 ming xonadon elektr energiyasi bilan ta`minlanadi",-deya ma`lum qiladi vazirlik

Eslatib o`tilishicha, ushbu investisiya loyihasi Prezidentimizning 2021 yil 4 martdagi PQ-5018-son qaroriga muvofiq davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirildi.

    Boshqa yangiliklar