Bugun, 5 yanvar kuni Nijniy Novgoroddan Tojikistonning Xo`jand shahriga uchayotgan "S7 Airlines" aviakompaniyasining samolyoti tuman tufayli Toshkent aeroportiga qo`nishga majbur bo`ldi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligi O`zbekiston poytaxti aeroporti vakiliga tayanib.
– “S7 Airlines" aviakompaniyasining Nijniy Novgorod – Xo`jand reysi quyuq tuman tufayli Toshkentga soat 10.00 (Moskva vaqti bilan 8.00) da qo`ndi”, — degan agentlik suhbatdoshi.
Uning so`zlariga ko`ra, qo`nish normal rejimda amalga oshirilgan, layner ob-havo sharoiti imkon berishi bilan Xo`jandga uchadi.






