Bugun, 5-yanvar kuni soat 13:52 da M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo`lining Jizzax viloyati Do`stlik tumani hududidan o`tuvchi 942-kilometrida "Nexia" avtomobili yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Yong`in joyiga tuman FVB qutqaruvchilar bo`linmasi, shuningdek, Sirdaryo viloyati Sardoba tumani FVB 8-sonli yong`in-qutqaruv qismidan ham 1 ta bo`linma etib kelgan. Ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida yong`in to`liq bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo`q.
Aniqlanishicha, “Toshkent-Termiz” yo`nalishida harakatlanib ketayotgan "Nexia"ning shu yo`nalishdagi yuk avtomobili bilan to`qnashuvi oqibatida beton to`siqqa borib urilgan va yong`in kelib chiqqan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ko`rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






