Jizzax shahrida bir oyda qaytarib berish sharti bilan 2 milliard so`mdan ortiq qarz olib, uni qaytarmay yurgan korxona rahbariga jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yilning 28 may kuni Jizzax shahrining «Ko`tarma» mahallasida yashovchi, mas`uliyati cheklangan jamiyat rahbari jabrlanuvchidan 1 oyda qaytarib berish sharti bilan 2 milliard 150 million so`m pulni qarzga olgan.
Keyinchalik MChJ rahbari jabrlanuvchini korxonasining G`allaorol tumani bo`limiga rahbar etib tayinlashni va`da qilib, qarzni to`lashni kechiktirgan. Pulini ololmagan fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilishga majbur bo`lgan.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






