Adliya vazirining Matbuot kotibiga ko`ra, “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni asosida 2022-yil 1-yanvardan qonunchlikda quyidagi o`zgarishlar bo`ladi:
- sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizasiya qilish bo`yicha elektron onlayn ausionda sotuvga qo`yilgan mol-mulk uni sotishdan tushgan pul mablag`lari hisobidan ausion g`olibiga qarzlarsiz va taqiqlardan echilgan holda topshiriladi;
- shartnoma tarafi ikkinchi tarafdan shartnoma majburiyatlarini bajarishni qabul qilganda, uni keyinchalik haqiqiy emas deb topishni talab qilishga haqli emas;
- davlat xaridlari bilan bog`liq tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi qo`shimcha shartlar belgilanadi;
- tadbirkorlar soliq va bojxona to`lovlari bo`yicha qarzdorlikni to`lamaganda, soliq yoki bojxona organlari bankka qarzdorlikka teng pulni muzlatib qo`yish va uni 30 kundan so`ng undirish to`g`risida farmoyish yuboradi va bu haqda to`lovchini xabardor qiladi;
- kommunal, energiya, aloqa xizmatlari, yo`lovchi va yuklarni tashishga oid tabiiy monopoliyalar ishlab chiqqan shartnomalar monopoliyaga qarshi kurashish organi bilan kelishiladi.






