Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Olmazor tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lumot berdi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 5 yanvar kuni soat 13:00 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani hududida joylashgan "Olmazor" to`yxonasi ro`parasida haydovchi, 1981 yilda tug`ilgan R.I. boshqaruvidagi "Orlando" rusumli hamda haydovchi, 2002 yilda tug`ilgan A.X. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
️Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.






