2021 yil 29 dekabr` kuni, Chust tumanida yashovchi, 1975 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan IIBga murojaat qilgan.
Ma`lum bo`lishicha, shu kunga o`tar kechasi noma`lum shaxs, yashash uyi hovlisiga tomorqa eshigini buzish yo`li bilan kirib, qo`yxonasida bo`lgan narxi 4.000.000 so`mlik 4 bosh qo`ylarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.
Chust tuman IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektori hamda viloyat IIB YHXB inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, 2021 yilda O`z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, 1999 yilda tug`ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo`yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 30 dekabr` kuni O`z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, O`z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.






