AsosiyJamiyat

Qozog`istondagi bir guruh o`zbekistonlik talabalar ortga qaytarilmoqda

'Qozog`istondagi bir guruh o`zbekistonlik talabalar ortga qaytarilmoqda'ning rasmi

Qozog`istonda tahsil olayotgan 35 nafar o`zbekistonlik talaba bugun Toshkentga qaytmoqda.

O`zbekistonning Qozog`istondagi elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, Narikbaev nomidagi Qozog`iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 35 nafar vatandoshimiz «Uzbekistan Airways»  OAJ  samolyoti orqali uyga qaytayapti.

“O`tayotgan hafta davomida o`zbekistonliklar qo`shni Qozog`istondagi voqealarni katta hayajon bilan kuzatmoqda, - deb yozgan Qozog`iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan o`zbekistonlik talabalar ota-onalari qo`mitasi raisi To`ra To`raev o`zining Telegram-kanalida. - Va ko`pchilik ushbu mamlakatda bo`lib turgan o`z yaqinlari hayoti uchun qayg`urgani haqiqat. Bular orasida Narikbaev nomidagi Qozog`iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari ham bor.

Ushbu talabalarning ota-onalari farzandlarining taqdiri haqida qayg`urib, o`zlarini qo`yishga joy topa olmadi. Ammo davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning ijtimoiy siyosati va respublika fuqarolariga bo`lgan yuksak e`tibori tufayli bir necha soatdan keyin bizning farzandlarimiz Toshkentga etib keladi.

Barcha talabalarning ota-onalari nomidan farzandlarimizni Vatanga qaytarish bo`yicha amalga oshirilgan ushbu sa`y-harakatlar uchun O`zbekistonning Qozog`istondagi elchixonasiga minnatdorlik bildiramiz. Ayni paytda ushbu universitetning barcha talabalari samolyotda uchib kelmoqda.

Jonajon yurtimiz  va qo`shni davlatlarda  tinchlik bardavom bo`lsin”.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonning Qozog`istondagi diplomatiya vakolatxonalari odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda. Zarur hollarda O`zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko`rsatilmoqda.

Zarurat tug`ilganda yurtdoshlarimiz istalgan vaqti O`zbekistonning Nur-Sulton (telefon: +7 771 020 36 73), Olma-ota (telefon: +7 777 950 44 33) va Oqtov (telefon: +7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatiya vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar