1

Samarqandda bedarak yo`qolgan 37 yoshli ayolni topishda yordam so`ralmoqda

Jamiyat 08.01.2022, 00:05
Teglar: Samarqand IIB
Samarqandda bedarak yo`qolgan 37 yoshli ayolni topishda yordam so`ralmoqda

2021-yil 28-dekabr kuni soat taxminan 19:00 larda Samarqand shahar Mo`liyon mahallasi Dashtakibolo ko`chasi 152-uyda yashovchi, 11.09.1984-yilda tug`ilgan Voxidova Parvina Axmadjonovna yashash uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan, bedarak yo`qolgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi

Alohida belgilari: Bo`yi taxminan 165-170 sm, ko`zlari yumaloq, qora rangda, o`rtacha gavdali, yuzi uzunchoq, sochi qora rangda elkasiga tushadi, quloq suprasi o`rtacha kattalikda, tashqi ko`rinishida nuqsonlari yo`q.  

Egnidagi kiyimlari: Egnida qizil rangli kastyumi, qora rangli uzun  kurtka, kulrang bosh kiyimi, qora rangli jinsi shimi, oyog`ida kulrang uy shippagi bo`lgan.  

Voxidova Parvina Axmadjonovnani ko`rganlar yoki u haqida ma`lumotga ega bo`lganlar +998944744000, +998662330003, 102 raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari so`raladi.

Sharhlar

Samarqandda pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

01.12.2021, 22:07

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. Ma`lum bo`lishicha, tezkor tadbir davomida, shaharning Navbahor...
Samarqandda odamlarni qo`rqitib, pul talab qilib yuradigan shaxs qo`lga olindi

08.07.2021, 14:27

Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, Samarqand shahrida joylashgan avtomobillarni ta`mirlash korxonasi rahbari O`.D., viloyat IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, Oqdaryo tumanida yashovchi, yoshi...
Samarqandda Suriyadagi terroristik tashkilotlar safiga qo`shilishni rejalashtirgan 14 kishi qo`lga olindi

10.06.2021, 17:59

Samarqandda Suriya va Yaqin sharqdagi terroristik tashkilotlar jangarilari ta`siriga tushib, ular safiga borib qo`shilishni rejalashtirgan,  shahridagi 14 nafar shaxslardan iborat guruh faoliyatiga chek qo`yildi. Bu...
Samarqandda IIB xodimining xotini mashinada fuqaroni urib yuborib, qochib ketdi. Piyoda vafot etgan

07.06.2021, 18:06

“Samarqand viloyati Payariq tumani IIB xodimi o`z mashinasida odam urib o`ldirganligi yashirilmoqdami?” sarlavhasi ostida e`lon qilingan videolavha yuzasidan  Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati izoh berdi.Ma`lum...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1