Samarqand viloyat IIB boshlig`i nomiga Samarqand tumani Qaynama mahallasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qiladi,
Unda ma`lum qilinishicha, Jomboy tumani Qoraki qishlog`ida yashovchi, 1999-y.t. B.N. Jomboy tumani Koramo`yin mahallasi Qoraki kishlog`idagi tuman hokimligi zaxirasida bo`lgan 0,25 gektar bo`sh er maydonni jami 23.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, tuman kadastr xizmatida ishlovchi “J” ismli shaxs orqali ushbu er maydonni tuman kadastr bo`limidagi kompyuter bazasiga unga tegishli ekanligi to`g`risida ma`lumot kiritib berish uchun, ariza muallifidan 1000 AQSh dollari va jami 24.000 AQSh dollari miqdorida pullarni talab qilib kelayotganligi ma`lum qilgan.
Mazkur arizaga asosan, 2022-yil 07-yanvar kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi hamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Jomboy tumanida tezkor tadbir o`tkazilib, B.N. va Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi Jomboy tuman filialida ishlovchi O`.J.lar ariza muallifidan 24.000 AQSh dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.