Xabaringiz bor, O`zbekiston futzal milliy terma jamoasi Kuvaytda bo`lib o`tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichida Markaziy va Janubiy birlashgan zonalari “B” guruhidan joy olgandi.
Qur`a natijalariga ko`ra, Bahodir Ahmedov shogirdlari guruh bosqichida Tojikiston, Afg`oniston va Nepal terma jamoalari bilan kurash olib boradi.
Uchrashuvlar 10-12-aprel kunlari Qirg`iz Respublikasining Bishkek shahrida bo`lib o`tadi. Vakillarimiz ushbu bosqichdagi ishtirokini 10-aprel kuni Nepal terma jamoasiga qarshi o`yin bilan boshlaydi.
10-aprel
O`zbekiston — Nepal
11-aprel
Afg`oniston — O`zbekiston
12-aprel
O`zbekiston — Tojikiston