9 yanvar kuni O`zbekistonda koronavirusning yangi "omikron" shtammi bilan kasallangan ilk fuqaro aniqlangani ma`lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, bu 7 yanvar kuni aniqlangan. O`zbekistonda Omicron shtammi aniqlangani nima uchun oradan ikki kun o`tib e`lon qilingani borasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`ining birinchi o`rinbosari: Xolmamat Norboev quyidagilarni ma`lum qildi.
— Omicron shtammi, dastlab, 7 yanvar kuni aniqlandi. Biroq ushbu tashxis bo`yicha dunyoning etakchi mutaxassislari bilan maslahatlashish, uzoq tekshiruvlar o`tkazish va uni tasdiqlash bilan bog`liq jarayonlar tufayli uni o`z vaqtida e`lon qilish imkoni bo`lmadi va ikki kundan so`ng jamoatchilikka ma`lum qilindi.