AsosiyJamiyat

Buxoro shahar hokimining xonadonida o`g`irlik sodir etilgani haqidagi xabarga oydinlik kiritildi

'Buxoro shahar hokimining xonadonida o`g`irlik sodir etilgani haqidagi xabarga oydinlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirovning xonadonida joriy yilning 4 yanvar kuni o`g`irlik jinoyati sodir bo`lganligi hamda uning uyidan noma`lum shaxslar tomonidan 200 ming dollar miqdoridagi pullar o`g`irlab ketilganligi yuzasidan xabar tarqaldi.

Mazkur xabar Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas`ul xodimlari tomonidan o`rganilganda, ushbu xabarning mutlaqo noto`g`ri ekanligi, ya`ni Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirovning xonadonida o`g`irlik jinoyati sodir bo`lmaganligi, Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlariga bunday mazmundagi hodisa sodir bo`lganligi to`g`risida biror bir xabar yoki murojaat kelib tushmaganligi yoxud hokimning biror bir yaqin qarindoshlari tomonidan ham bunday jinoiy hodisa yuz berganligi yuzasidan xabar yoki murojaat tushmaganligi ma`lum bo`ldi.

Boshqa yangiliklar