YPX xodimlari tomonidan 2022 yil 10 yanvar kuni soat 02:50 larda, Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan "Lacetti" rusumli avtomobil to`xtatiladi.
Avtomobil yo`lovchisi, 1998 yilda tug`ilgan M.O.ning ma`lumotlari planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirilganida, fuqaro M.O. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2021 yil 18 dekabr kunidan buyon qidiruvdaligi ma`lum bo`lgan.
O`sha kuni soat 12:10 larda, Mirzo Ulug`bek tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari "T.Malik-Do`rmon" ko`chalari kesishgan chorrahadan kelayotgan "GAZ-3110" rusumli avtomobil to`xtatilib, haydovchisi, 1984 yilda tug`ilgan A.M.ning ma`lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganida, fuqaro A.M. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi bilan ayblanib, 2019 yil 23 sentyabr kunidan buyon qidiruvdaligi ma`lum bo`lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A.M. Yashnobod tumani IIO FMBga topshirilgan.






