AsosiyJamiyat

Bog`chalarda karantinga qat`iy rioya qilinadi — MTV

'Bog`chalarda karantinga qat`iy rioya qilinadi — MTV'ning rasmi

Yurtimizga koronavirusning “Omikron” shtammi kirib kelganida so`ng ma`lum cheklovlar o`rnatildi.  

Shu munosabat bilan Maktabgacha ta`lim vazirligi quyidagilarni ma`lum qiladi:

"Davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida «COVID-19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta`lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo`yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar»ga qat`iy rioya etiladi;

davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bayram tadbirlari o`tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;  

ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo`l qo`yilmaydi (zarur vaziyatlarda so`nggi uch kunlik PSR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo`lishi lozim);

yig`ilishlar o`tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig`ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o`tkazish choralari ko`riladi;

mazkur cheklovning buzilishiga yo`l qo`yilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qo`llaniladi", - deyilgan xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar