AsosiyDunyo

Vengriya aholisi koronavirusga qarshi vasinaning to`rtinchi dozasi bilan emlanadi

'Vengriya aholisi koronavirusga qarshi vasinaning to`rtinchi dozasi bilan emlanadi'ning rasmi

Vengriya hukumati koronavirusning yangi "omikron" shtammi tarqalib ketishidan havotirga tushgan holda aholini COVID-19 to`rtinchi dozasi bilan emlashga ruxsat berdi. B haqda Reuters xabar berdi. 

Mamlakat Bosh vaziri apparatining rahbari Gergeli Gulyas bu borada quyidagilarni ma`lum qildi. 

"Koronavirusga qarshi to`rtinchi vaksina bilan istalgan odam shifokor ruxsatidan so`ng emlanishi mumkin. Bu borada yakuniy qaror shu haftada e`lon qilinadi", - dedi Gulyas.

Bugungi kunga kelib mamlakatda "omikron" bilan bog`liq holat ancha yuqorilagan. Bu esa e`tiborni kuchaytirish kerakligini ma`lum qilmoqda. 

 

Agentlikning ta’kidlashicha, Vengriyada omikron sabab kasallanish holatlari sezilarli darajada oshmoqda.

 

Bundan tashqari, Vengriya hukumati karantin muddatini 10 kundan 7 kunga qadar qisqartirgan. Gulyash, shu bilan birga, odamlarning test natijasi manfiy chiqsa, karantindan hatto 5 kunda ham chiqishlari mumkinligini ma’lum qilgan.

Ekspertlarning ogohlantirishicha, koronavirusga qarshi qayta vaksinatsiya insonning immun tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, Gretsiya sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus bilan kasallanish to‘lqiniga qarshi kurash sifatida joriy etgan cheklovlarini 23-yanvarga qadar uzaytirmoqda.

Boshqa yangiliklar