Hindiston sharqidagi G`arbiy Bengaliya shtatida yo`lovchi poezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida to`qqiz kishi halok bo`lgan. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, poezdning kamida 12ta vagoni temir yo`l izidan chiqib ketgan. Halok bo`lganlardan tashqari, kamida 40 nafardan ortiq kishi tan jarohati olgan.
Hukumatning ishonchli manbalari ta`kidlashicha, halok bo`lgan yo`lovchilarning oila a`zolariga taxminan 7 ming dollardan kompensasiya puli beriladi. Jarohat olganlar esa qariyb 400 dollardan pul oladi.