Ulug`bek Muxammadiev prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma`lum qilinishicha, Muxammadiev bunga qadar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimidan ishlab kelgan. Birinchi o`rinbosar lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan.