AsosiyDunyo
3114

Koronavirusga chalingan insonlarda vazn ortishi mumkinmi?

'Koronavirusga chalingan insonlarda vazn ortishi mumkinmi?'ning rasmi

Koronavirus bilan kasallangan bemorlarda tezda vazn ortishi mumkin. Bu haqda "Sputnik" xabar berdi. 

Rossiya tibbiyot fanlari nomzodi, endokrinolog Yuriy Poteshkin buni tasdiqladi.

"Koronavirusga chalingan insonda vazn ortadi. Bu bir nechta sabablarga ko`ra sodir bo`lishi mumkin. Birinchisi, odamlarning jismoniy faolligi pasayishi, harakat qilishga bo`lgan ishtiyoqning yo`qolishidir. Ikkinchi sababi kasallik davrida ko`p yog`li ovqat iste`mol qilishi", - dedi Poteshkin. 

Mutaxassis bu vaqtdan ortiqcha vazndan tezroq qutilish bo`yicha ham o`z fikrlarini davom ettirdi. 

"Holatingizni qaytarish uchun jismoniy mashqlarni bosqichma-bosqich bajarib borishingiz, ovqatlanish bo`yicha tavsiyalarga e`tibor qaratishingiz kerak. Koviddan keyin tanangizni to`liq tiklab olishingiz uchun kamida olti oy kerak bo`ladi. Agarda sizda kasallikning engil turi aniqlansa, unda bunda tezroq tanangizni o`z holatiga qaytarishingiz mumkin", - dedi rossiyalik mutaxassis. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar