Toshkent shahri. 2022 yil 08 yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi 34 yoshli X.J. Yashnobod tuman IIO FMB boshlig`i nomiga murojaat yo`llandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Unda ma`lum qilinishicha, shu kuni soat 09:30da Toshkent xalqaro aeroporti yonida “Vodiy pitak”ga borish uchun “Lacetti” rusumli avtomashinaga o`tirganligi, Yashnobod tumani TXAY ko`chasida joylashgan Andijon viloyatiga harakatlanadigan yo`lovchi mashinalar turargohiga etib kelishganida, avtomashina haydovchisi va yonida bo`lgan yo`lovchisi uni mashinadan tushirib, birgalikda qo`llarini ushlab, bo`ynidan bo`g`ib, jami 800 AQSh dollari miqdoridagi pullarini ochiq-ochiqdan talon-toroj qilgan.
Hodisa sodir bo`lgan joydan yashiringanliklarini ma`lum qilib ushbu noma`lum shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.
Olib borilgan tergov tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 41 yoshli U.S. va Toshkent viloyatida yashovchi 36 yoshli Yu.A.,lar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo`yicha Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan U.S. va Yu.A.,larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda gumonlanuvchilar prosessual tartibda ushlanishgan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.