So`nggi kunlarda dunyoda koronavirus infeksiyasi yana avj oldi. Ayniqsa, kasallikning Omicron shtammi sababli qator mamlakatlarda vaziyat ancha tahlikali. Shu sababli ko`plab davlatlar keskin karantin choralarini qo`llash orqali murakkab vaziyatni izga solishga urinmoqda.
Yurtimizda ana shu kabi salbiy holatlarning oldini olish, xususan, koronavirus infeksiyasi aniqlangan, biroq xastalik klinik belgilarsiz yoki engil shaklda kechayotgan bemorlar salomatligini nazorat qilish, ularga ambulator va uyiga borgan holda sifatli tibbiy xizmat ko`rsatish maqsadida kunlik ko`rsatkichlar sezilarli darajada oshib borayotgan Toshkent shahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus poliklinikalar faoliyati yo`lga qo`yildi.
Tibbiy-sanitariya muassasalari va xizmat ko`rsatish yo`nalishi yaqin bo`lgan 4 ta dispanser hamda 8 ta oilaviy poliklinika binosida ish boshlagan mazkur muassasalar aholiga har kuni 24 soat davomida xizmat ko`rsatadi. Har bir muassasaga shifokorlar bilan bir qatorda, tibbiyot oliy o`quv yurtlarining etakchi mutaxassislari ham jalb qilingan.
Shuningdek, bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, ekspress-test, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ta`minlangan.
Murojaat qilgan bemorlar og`irlik darajasiga ko`ra saralanib, ahvoli engil fuqarolarga uyda davolanishlari uchun zarur tavsiya va koronavirusga qarshi dori-darmonlar bo`lgan "COVID-box"lar beriladi. Bemorning ahvoli og`ir bo`lsa, zudlik bilan maxsus shifoxonaga yuboriladi.
Bundan tashqari, koronavirus kasalligiga qarshi emlash ishlarini samarali olib borish maqsadida poytaxtimizdagi 12 ta ko`p tarmoqli va 66 ta oilaviy poliklinikalarda maxsus mobil brigadalar faoliyati ham yo`lga qo`yildi.
27.01.2022, 01:11
Rossiya sog`liqni saqlash boshqarmasi bergan ma`lumotga ko`ra, Moskvada bolalar o`rtasida koronavirus yuqtirish holatlari oshgan. Bu haqda TASS xabar tarqatmoqda. Qayd etilishicha, ikki hafta ichida kasallanganlar soni...27.01.2022, 00:40
Daniya Sog`liqni saqlash vazirligi kelasi haftadan boshlab COVID-19 ga qarshi kurash doirasida qolgan barcha cheklovlarni bekor qilishni taklif qildi, deya xabar beradi The Guardian nashri. Mamlakat...24.01.2022, 19:54
Dunyo bo`yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni 351 mln 069 733 mingdan oshdi. Bu haqda Worldometers xabar bermoqda.Pandemiya boshlanganidan buyon 5 mln 596 mingdan ortiq kishi...24.01.2022, 00:34
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatda yangi karantin cheklovlari joriy etilishiga bag`ishlangan matbuot anjumanida o`zining to`yi bekor qilinganini ma`lum qildi. Bu haqda Sky News...