1

"Paxtakor" va "Nasaf" ishtirok etadigan OChL guruh bosqichiga qur`a tashlandi

Sport 17.01.2022, 20:44
Teglar: OChL
"Paxtakor" va "Nasaf" ishtirok etadigan OChL guruh bosqichiga qur`a tashlandi

Bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo Chempionalr ligasi guruh bosqich o`yinlariga qur`a tashlandi. 

E`tiborli tomoni shundaki, qur`a tashlash marosimini OFKda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Avaz Berdiqulov olib bordi. 

Qur`a natijalariga ko`ra, Toshkentning “Paxtakor” klubi “D” guruhida Qatarning “Al-Duhayl”, Eronning “Sepaxon” va saralash pley-offi orqali uchinchi raqibi ma`lum bo`ladi. Unda Saudiya Arabistoni ishtirokchisi “Al Taavon” Suriyaning “Al Jaish”ga qarshi kurash olib boradi. 

Qarshining “Nasaf” esa “E” guruhida ishtirok etishi mumkin. Buning uchun Ro`ziqul Berdiev shogirdlari saralashning pley-offida Birlashgan Arab Amirliklari ishtirokchisi “Baniyas” to`sig`idan o`tishi lozim. Agar vazifa bajarilsa, “Nasaf” Qatarning “Al-Sadd”, Saudiya Arabistoni vakili “Al Faysali” hamda Iordaniya “Al Vihdat”ga qarshi maydonga tushishi mumkin. 

Ma`lumot uchun, guruh bosqich o`yinlari markazlashgan tartibda o`tkaziladi. O`yinlar 7-27 aprel kunlari bo`lib o`tadi. Guruh o`yinlari bo`lib o`tadigan mamlakatlar nomini OFK tez orada ma`lum qiladi. 

Darvoqe, Osiyo Chempionlar ligasining chorak va yarim final uchrashuvlari 2023 yilning fevralida o`tkazilishi rejalashtirilgan. 

"D" guruhi:
"Al Duhayl" (Qatar)
"Sepaxon" (Eron)
"Paxtakor" (O`zbekiston)
"Al Taavon" (S.Arabistoni) - "Al Jayish" (Suriya) g`olibi

"E" guruhi:
"Al Sadd" (Qatar)
"Al Faysali" (Saudiya Arabistoni)
"Al Vihdat" (Iordaniya)
"Baniyas" (BAA) - "Nasaf" (O`zbekiston) g`olibi

Sharhlar

Ertaga OChL va OFK kubogiga qur`a tashlandi. "Paxtakor" va "Nasaf"ning raqiblari ma`lum bo`ladi

16.01.2022, 19:04

Ertaga, 17 yanvar sanasida Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida  OChL va OFK kubogiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi. Jumladan, Osiyo Chempionlar ligasi qur`asi Toshkent vaqti bilan soat 11:00da...
OChLda kvotamiz oshdi

09.12.2021, 20:25

Osiyo futbol konfederasiyasi 2023-yilgi mavsumda qit`a Chempionlar Ligasi va OFK kubogi uchun kvotalar taqsimotini e`lon qildi.Unga ko`ra, 2023-yilgi mavsumda O`zbekistonga 2+2 kvota ajratiladigan bo`ldi. Bu...
OChL–2016. “Lokomotiv” javob o`yinida “Al-Ayn”ga mag`lub bo`ldi va musobaqa bilan xayrlashdi

13.09.2016, 20:59

Osiyo Chempionlar ligasi chorak final javob o`yinida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o`z maydonida BAAning “Al-Ayn”ga qarshi bahs olib bordi. Mazkur o`yinning 39-daqiqasida Kaio tomonidan kiritilgan yagona...
“Lokomotiv” va “Al-Ayn” o`rtasidagi javob o`yini bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

13.09.2016, 10:59

Bugun, 13 sentyabr kuni Toshkentning "Lokomotiv" klubi Osiyo Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvida BAAning "Al Ayn" jamoasini qabul qiladi. Ushbu muhim uchrashuv oldidan OFK...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1