1

“O`zbekiston Temir yo`llari” xodimi fuqaroni qo`riqlash otryadiga ishga kiritib qo`yish uchun 2 300 AQSh dollari oldi

Jamiyat 18.01.2022, 11:05
“O`zbekiston Temir yo`llari” xodimi fuqaroni qo`riqlash otryadiga ishga kiritib qo`yish uchun 2 300 AQSh dollari oldi

Fuqarolarni ishga kiritishni va xorijga ishga yuborishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament. 

Ma`lum qilinishicha, Departamentning Termiz shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “O`zbekiston Temir yo`llari” AJ Termiz qo`riqlash otryadi muhandisi S.D., fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni qo`riqlash otryadiga ishga kiritib qo`yish evaziga olgan 2 300 AQSh dollaridan 1 300 AQSh dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament, DXX va IIVning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.K. boshqa bir fuqaro Yu.ni 4 500 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga ishga jo`natishga kelishib, oldindan 2 000 AQSh dollari va 10,9 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Andijon shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.N. fuqaro A.ni 2 000 AQSh dollari evaziga Latviya davlatiga ishga yuborishga ishontirib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shuningdek, tekshiruvda M.N. boshqa bir fuqaro A.A.ni ham Serbiya davlatiga ishga yuborish evaziga 800 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib,tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, agarda Siz xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lsangiz, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga murojaat qilishlaringizni so`raymiz. Bu bilan, Siz nafaqat o`z xavfsizligingizni ta`minlagan bo`lasiz, balki kafolatlangan mehnat sharoitlariga ham ega bo`lasiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1