1

Duden sharsharasi — Antaliyada sayyohlar eng ko`p tashrif buyuradigan maskan

Dunyo 18.01.2022, 11:15
Duden sharsharasi — Antaliyada sayyohlar eng ko`p tashrif buyuradigan maskan

Antaliya shahar markazidan taxminan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan Duden sharsharasi sayyohlar eng ko`p tashrif buyuradigan joylardan biri hisoblanadi.

Sharshara oqimi bo`ylab ikki tarmoqqa bo`linadi: Antaliyadan taxminan 7 kilometr uzoqlikdagi Quyi Duden (yoki Karpuz sharsharasi) va Yuqori Duden (Iskandar) sharsharasi.

Maftunkor sharshara ortida joylashgan g`or esa sizni orzular olamiga etaklaydi. G`orning bo`shliqlarida Duden sharsharasini butunlay o`zgacha his etasiz va kundalik charchoqlaringizni unutasiz.

Butun dunyodan tashrif buyuruvchi sayyohlar bilan to`la Duden sharsharasi atrofida joylashgan restoranlar, ko`ngilochar markazlar, hayvonot bog`i va suvenirlar harid qilinadigan do`konlar esa sizni yanada ko`proq zavqlanishingizga imkon yaratadi.

Sayyohlar tez-tez tashrif buyuradigan Duden sharsharasiga shahar markazidan atiga bitta avtobus yoki mikroavtobusda etib olishingiz mumkin.   

Har yili minglab mahalliy va xorijlik sayyohlar tashrif buyuradigan Duden sharsharasi go`zalligi va ozodaligini doimiy saqlab turish uchun esa ANSET tashkiloti xizmat ko`rsatadi.

Yuqori Duden sharsharasi Iskandar sharsharasi deb ham ataladi. Miloddan avvalgi 334-333 yillarda Pamfiliyani zabt etgan Aleksandr Makedonskiy, bu hududdan o`tayotganda otlarini sug`orib olgani rivoyat qilinadi. Yuqori Duden sharsharasi joylashgan hudud 1970-1972 yillarda Davlat gidrotexnika tashkiloti tomonidan sayr va dam olish maskaniga aylantirilgan. Ayni paytda uni Dudenbashi sharsharasi deb ataydiganlar ham topiladi.

 Suvi kamayib ketgan kunlarda ham Dudenbashi sharsharasi ostidan sekundiga kamida 10 kub metr suv ko`tariladi. Bu suvning maksimal sarfi 94 metr kubni, o`rtacha tezligi esa sekundiga 15-16 kubometrni tashkil qiladi. Dudenbashida yuqoridan sharshara hosil qilib oqadigan suv Kepez GESidan keladigan suvdan tashkil topadi. Dudenbashidan keyin ikkita asosiy kanalga bo`lingan oqimlar Antaliyaning sharqidan 40 metr balandlikdagi O`rta er dengiziga quyiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1