AsosiyMadaniyat

“Ogahiy” hujjatli filmi namoyish etildi

'“Ogahiy” hujjatli filmi namoyish etildi'ning rasmi

Kecha Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ogahiy” hujjatli filmi ijodkorlari bilan davra suhbati va film namoyishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida suratga olingan.  

Davra suhbatida hujjatli kino sohasidagi yangiliklar, ssenariy yaratish jarayonlari haqida fikrlar almashildi. Universitet rahbariyati tomonidan film ijodkorlariga esdalik sovg`alari taqdim etildi.

    Boshqa yangiliklar