Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilda respublika bo`yicha jami 305 082 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu 2020 yilga nisbatan 8 331 taga ko`p.
Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni:
— Qoraqalpog`iston R. – 15 742 ta
— Andijon viloyati – 26 750 ta
— Buxoro viloyati – 16 937 ta
— Jizzax viloyati – 13 319 ta
— Qashqadaryo viloyati – 30 580 ta
— Navoiy viloyati – 9 229 ta
— Namangan viloyati – 25 022 ta
— Samarqand viloyati – 36 228 ta
— Surxondaryo viloyati – 26 505 ta
— Sirdaryo viloyati – 8 064 ta
— Toshkent viloyati – 25 756 ta
— Farg`ona viloyati – 32 732 ta
— Xorazm viloyati – 15 541 ta
— Toshkent shahri – 22 677 ta.