2022 yilning 16 yanvar kuni olingan tezkor ma`lumotga asosan DXX Andijon viloyati boshqarmasi va Andijon viloyati IIB TEQKB hamda Andijon tumani IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda viloyat IIB ma`lumot bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, tezkor tadbirda “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining “Ayollar qanoti” guruhi a`zolari bo`lgan 12 nafar ayol Andijon tumanida yashovchi fuqaro M.M.ning xonadonida to`planib, “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti faoliyatini targ`ib qiluvchi diniy o`qishxonlik qilib kelayotganligi aniqlandi.
Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida ushbu ayollar hozirda Turkiya davlatida bo`lgan 1972 yilda tug`ilgan ayol M.X.ning ko`rsatmasi asosida tez-tez bir birlarining xonadonlarida ziyofat bahonasida yig`ilishib, M.X.dan ijtimoiy tarmoqlar orqali “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti g`oyalari bo`yicha saboq olib kelishayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.