AsosiyJamiyat

Toshkentda faoliyati to`xtatilgan kafe yonib ketdi

'Toshkentda faoliyati to`xtatilgan kafe yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 18-yanvar kuni soat 18:08 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Beshyog`och ko`chasida joylashgan hozirda ish faoliyati to`xtatilgan kafeda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Bu FVB matbuot xizmati xabar bermoqda

Shunga ko`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 18:15 da etib borib, yong`in soat 18:30 da qurshab olingan va soat 18:33 da bartaraf etilgan.  

Yong`in natijasida bino ichidagi tahminan 50 kv.m. maydonda chiqindilar yongan.  

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.  

 

Hozirda yong`inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar