"Real" hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar "Nyukasl"ning qiziqishlari doirasida bo`lib turibdi. Bu haqda "El Nacional" nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ingliz klubi Azar bo`yicha dastlabki taklifni yubordi. "Qarg`alar" Eden transferi uchun 40 million evro taklif qildi. Biroq madridliklar buni rad qildi.
Ma`lum bo`lishicha, "Real" Azar transferidan 50 million evro ishlab olmoqchi. "Nyukasl" 31 yoshli futbolchi transferini qo`lga kiritish orqali futbolchiga yuqori maosh taklif qilmoqda.






