AsosiyDunyo

Buyuk Britaniyada "omikron" tufayli bir nechta sayyohlik kompaniyalari o`z faoliyatini to`xtatishi mumkin

'Buyuk Britaniyada "omikron" tufayli bir nechta sayyohlik kompaniyalari o`z faoliyatini to`xtatishi mumkin'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning minglab sayyohlik kompaniyalari pandemiya davrida mamlakatda qattiq va uzoq muddatga cho`zilgan cheklovlar tufayli faoliyatlarini to`xtatishi mumkin. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda

Qayd etilishicha, 2022 yilning boshida turoperatorlar "omikron" tufayli bronlashlarning uchdan bir qismini yo`qotib qo`ygan va kompaniyalar juda zarar ko`rgan. 

"2021-yil yozida ichki turizmning jadal rivojlanishi va mamlakat bo`ylab turlarni bron qilishning ko`payishiga qaramay, qirollikdagi minglab sayyohlik kompaniyalari bozorni tark etishi mumkin. Umumiy kompaniyalarning 11 foizi 2022 yildayoq bankrot bo`lishi ehtimoli yuqori", - deyiladi xabarda.

Koronavirusning "omikron" shtammi tarqalishi sababli turoperatorlar va mehmonxonalar mart-aprel uchun qilingan bronlarning yarmidan ko`pini bekor qilgan. 

"Hukumatning turizmni qo`llab-quvvatlashi kamaygan, shuning uchun so`rovda qatnashgan sayyohlik kompaniyalarining to`rtdan biri endi moliyaviy zaxiralari yo`qligini ma`lum qilmoqda", - deya qo`shimcha qilmoqda The Guardian nashri.

Boshqa yangiliklar