O`zbekistonliklarga Rossiyadan ish taklif qilindi

Jamiyat 20.01.2022, 09:30
O`zbekistonliklarga Rossiyadan ish taklif qilindi

Rossiya Federasiyasining bir qator salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar o`lkasida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qurulish sohasining 60 dan ortiq yo`nalishlari bo`yicha 10 mingta bo`sh ish o`rinlari taklif qilinadi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Fuqarolar nomiga Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent hujjatlarining aksariyati O`zbekistonda rasmiylashtiriladi.

Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta`minlanadi.

Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi.

Bo`sh ish o`rinlari bo`yicha tanlov o`tkaziladigan sana va hududlar:

 20 yanvar soat 11:00 da:

- Andijon viloyati

 Andijon sh., Bobur sh. ko`ch., 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi

Mo`ljal: Sobiq afg`on bog`i ro`parasi, Transport kolleji.

 95 202-33-55;

21 yanvar soat 11:00 da:

- Namangan viloyati

Namangan sh., Nodira ko`ch., 3-uy. Viloyat mehnat boshqarmasi binosi.

69 227-94-64, 69 227-97-27

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1