1

Eron elchisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Madaniyat 20.01.2022, 18:49
Eron elchisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Bugun  Kinemotografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Eron Islom Respublikasining O`zbekistondagi elchisi Hamid Naerobodi o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat o`rtasidagi madaniy aloqalarni yanada yaxshilash, kinoijodkorlar o`rtasida o`zaro tajriba almashish, hamkorlikda ko-produksiya loyihalarini ishlash kabi sohaga doir masalar muhokama qilishdi. Ikki davlat tarixiy shaxslari haqida badiiy filmlar yaratish masalasi ko`rildi.

Shuningdek, Eron Islom  Respublikasida «O`zbek kinosi kunlari»ni o`tkazish bo`yicha taklif berildi.

Ma`lumot uchun, 2021 yili bo`lib o`tgan Toshkent xalqaro kinofestivali dasturida O`zbekistonda «Eron kino kunlari» o`tkazilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1