Saudiya Arabistoni shimolidagi havo harorati keskin tushib ketishi ketdi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, mamlakatda kuzatilayotgan ob-havo natijasida Al-Qurayyat va Arar hududlarda muzlamlar paydo bo`lgan. Turaif shahrida esa sovuq havo haroratidan ttashqari, kuchli qor yog`ishi kuzatilgan. Bu esa mamlakatda so`nggi 30 yil ichida kuzatilgan eng past harorat hisoblanadi.
Rasmiylarning ta`kidlashicha, shimoliy viloyatlarda havoning keskin tushib ketishi natijasida turar-joy binolarini isitish uchun zarur bo`lgan kerosin taqchiligi tahdidi tufayli yoqilg`i quyish shoxobchalarida olomon to`plangani aytilmoqda.
Saudiya Arabistoni Milliy meteoroligiya markazi xabar berishicha, Past haroratlar Madina (9 daraja), Makka (11 daraja) va Ar-Riyodda (16 daraja) qayd etilgan.