Space Entertainment Enterprise kompaniyasi kosmosda kinostudiya va sport arenasini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Variety xabar bermoqda.
"SEE-1 - bu insoniyat uchun boshqa voqelikka o`tish va koinotda hayojonli yangi sahifani boshlash uchun ajoyib imkoniyatdir", - deyiladi kompaniya bergan xabarda.
Qayd etilishicha, studiya 2024 yil qish oyining boshigacha ishga tushishi kerak. Obekt "SEE-1" moduli deb nomlanadi.
Studiya asosan filmlar, teledasturlar, musiqa va sport tadbirlarini suratga oladi. Rejaga muvofiq, stansiyada jonli efirlar ham olib borilishi mumkin. Qurilish ishlari Axiom Space kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.