“Ipak yo`li” xalqaro universitetida noyob magistrlik dasturi boshlandi

Madaniyat 21.01.2022, 15:58
“Ipak yo`li” xalqaro universitetida noyob magistrlik dasturi boshlandi

“Ipak yo`li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida magistratura talabalari uchun muzeyshunoslik bo`yicha mashg`ulotlar boshlandi. Ushbu seminarlar o`qituvchisi dunyodagi eng yaxshi muzeyshunoslik mutaxassislardan biri bo`lgan doktor Leslee Michelsen bo`ladi.

Doktor Lesliee Michelsen Honoluluda Islomiy san`at, Madaniyat va dizayn muzeyida to`plamlar va ko`rgazmalarning kuratori bo`lib, ko`rgazma, sharh, tadqiqot va Islom dunyosining tarixiy va zamonaviy san`ati to`plamini saqlab qolish uchun mas`ul bo`lgan guruhni boshqaradi.

Ushbu kurs mashhur "Ipak yo`li" ning kelib chiqishini chuqur o`rganish, mintaqada madaniyat, savdo va fathlarni shakllantirish yo`llarini o`rganadi. 7 ta mavzuli mashg`ulotlar doirasida talabalar Markaziy Osiyoning turfa xil jamiyatlari va ularning qadimiy, o`rta asr va zamonaviy dunyoni o`zgarishdagi asosiy rolini batafsil ko`rib chiqadilar.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tashabbusi bilan “Ipak yo`li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida jahonga mashhur san`at kuratori Sara Raza boshchiligidagi magistrlar uchun “Muzeyshunoslik” noyob dasturini ishga tushirdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1