1

"Sabriya" milliy serialining Kinematografiya agentligiga aloqasi yo`q" – Agentlik

Madaniyat 21.01.2022, 22:11
"Sabriya" milliy serialining Kinematografiya agentligiga aloqasi yo`q" – Agentlik

Kinematografiya agentligi ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan “Sabriya” mashmashasi bo`yicha munosabat bildirdi.

Agentlikning qilinishicha, so`nggi paytlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan "Sabriya" teleseriali Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinmagan va davlat mablag`lari yuqoridagi serialga yo`naltirilmagan. Mazkur serialning Kinematografiya agentligiga aloqasi yo`qligi aytiladi.

Ta`kidlanishicha, ushbu seriallar xususiy studiyalar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqarilgan va Kinematografiya agentligi Badiiy kengashi tomonidan ko`rib chiqilmagan. 

"Agentlik Badiiy kengashi davlat buyurtmasiga binoan suratga olingan mahsulotlarni hamda kinoteatrlarda namoyish uchun ruxsat so`rab murojaat qilingan filmlarnigina ko`rib chiqish vakolatiga ega. Agentlik bu kabi barcha ayblovlarni inkor qiladi va omma fikrini chalg`itmaslikka chaqiradi",-deyiladi munosabatda.

Ma`lum qilinadiki, qonunchilikka muvofiq, agentlik bosh direktori u yoki bu mahsulotlarni ishlab chiqarish, kinostudiya va telekanallarga serial ishlab chiqarishni to`g`ridan-to`g`ri topshirish vakolatiga ega emas. Agentlik qaysi telekanallar va xususiy studiyalar bilan ishlashi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuzilgan Kinematografiya agentligi huzuridagi Badiiy kengashning mutlaq vakolatiga kiradi va ushbu masala kengash a`zolarining ko`pchilik ovozi asosida hal etiladi. Bundan tashqari, kinostudiyalar va telekanallar taqdim etgan seriallar loyihalari va ularning xarajatlar smetasi Agentlik huzuridagi Ekspertlar kengashi tomonidan ko`rib chiqilib, kengash a`zolarining serialni ishlab chiqarishni moliyalashtirish to`g`risidagi kollektiv qaroridan keyin shartnoma tuzilishi mumkin.

Shu bilan birga, Kinematografiya agentligiga murojaat qilgan barcha kinostudiyalar va telekanallardan tushgan seriallar loyihalarini ko`rib chiqib, talabga javob bergan ishlar Badiiy va Ekspert kengashlari tasdig`idan o`tkazilib, so`ngra moliyalashtirilishi aytiladi. 

"Qayd etish joizki, Agentlik seriallar ishlab chiqarishda uchta yo`nalishda ishlaydi. Bular davlat buyurtmasi asosida, telekanallar bilan teng sherikchilik asosida va kinostudiyalar bilan to`g`ridan-to`g`ri hamkorlik asosida. Bunday ko-produksiya usulida ishlash teleseriallar sohasini rivojlantirish uchun ilk qadamlardir. 2021 yilda agentlik tomonidan 10 ta serial ishga tushirildi, 10 ta serial jami 454 qismdan iborat. Shundan kinoseriallar 51 qism, teleseriallar 403 qism. Kinematografiya agentligi 5 ta badiiy filmlarning serial versiyasini yaratib, telekanallarga bepul taqdim etgan. Ular sirasiga “Ibrat”, “Avloniy”, “Sumbul”, “Ilxaq”, “Behbudiy” kabi seriallar kiradi",-deyiladi xabarda.

Xulosa o`rnida shuni aytilishicha, 2018 yilgacha Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan kino va teleseriallar yo`q edi. Bu amaliyot yuqoridagi farmoyish va qarorlardan so`ng yo`lga qo`yilib, islohotlar natijasida 2021 yilning o`zida 5 ta kinoserial, 5 ta teleserial yaratilgan. 

"Lekin bu qilingan ishlar etarli emas. Yil davomida agentlik 5 ta teleserial suratga olsa, bu vaqt davomida xususiy studiyalar mustaqil ravishda bir necha barobar ko`proq seriallarni olishmoqda va umumiy manzaraga ulkan ta`sir ko`rsatishmoqda. Kelgusida mazkur xususiy studiyalar bilan hamkorlikda ishlash, ularning tadbirkorlik faoliyatiga aralashmasdan, ammo, suratga olinayotgan kino mahsulotlarini badiiy va g`oyaviy mazmunini baholaydigan maxsus konsultativ Badiiy kengash tashkil etish zarur. Ushbu tavsiyaviy harakterga ega Kengashga kino san`ati sohasidagi malakali, etuk va professional mutaxassislar jalb etilishini taklif qilamiz. Mustaqil ravishda teleseriallar olayotgan xususiy studiyalarni Badiiy kengashga murojaat qilib, mahsulotning mazmun-mohiyatini oshirishga harakat qilishga chorlaymiz",-deydi agentlik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1