AsosiyJamiyat

Toshkentdagi uylardan birining pod`ezdiga 10 oylik bola tashlab ketildi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi ko`p qavatli uylardan birining pod`ezdida taxminan 9–10 oylik bola tashlab ketildi. Bu haqda Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhida ma`lum qilindi.

Xabarda aytilishicha, bolani uchastka noziri topib olgan va uni tumandagi 3-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasiga olib borgan. Bugun, 18 may kuni, yoki ertaga shifokorlar bolani tibbiy ko`rikdan o`tkazib, mehribonlik uyiga yuboradi.

Bolani kim va nima sababdan tashlab ketgani noma`lum.

Bolani tanigan yoki uning ota-onasini bilganlardan shifoxona xodimlari bilan quyidagi raqam orqali bog`lanish so`raladi: +99871-2473019.

    Boshqa yangiliklar