Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Farg`ona viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda o`tkazdi.
Tadbir davomida fuqaro J.A. Qirg`iziston Respublikasi O`sh davlat universitetida ta`lim olayotgan M.X.ning o`qishini Farg`ona vodiysidagi istalgan Oliy ta`lim muassasalaridan biriga ko`chirib berishga ishontirib, evaziga 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shuningdek o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, J.A. yana 4 nafar fuqaroni aldab, ularning chet davlatdagi o`qishini ko`chirib berish evaziga 1 700 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.