1

"Omicron"ning bolalarda eng ko`p uchraydigan belgilari ma`lum qilindi

Dunyo 23.01.2022, 20:28
"Omicron"ning bolalarda eng ko`p uchraydigan belgilari ma`lum qilindi

"Omicron" bilan kasallangan bolalar kamdan-kam hollarda og`ir kasal bo`lib qoladilar, biroq bir nechta belgilar infeksiyaning mavjudligini ko`rsatishi mumkin. Bu haqda RIYa Novosti yozmoqda.

Londonlik professor Emma Dunkanning aytishicha, tadqiqotlarda sakkiz yoshdan 12 yoshgacha bo`lgan bolalarda "omicron" shtammining bir necha yuzlab holatlarini tahlil qilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ularda ettita simptom eng ko`p uchraydi: charchoq, bosh og`rig`i, tomoq og`rig`i, burun oqishi, aksirish, isitma va yo`tal.

Boshqa mutaxassislar kasallikning diareya va toshmalar kabi belgilari mavjudligini ta`kidlashgan. Bundan tashqari, ba`zi bolalarda nafas yo`llarining yallig`lanishi va kuchli yo`tal kuzatilan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1