1

Shohjahon Ergashev boksdagi faoliyatini yakunladi. Bunga sabab...

Sport 24.01.2022, 13:38
Shohjahon Ergashev boksdagi faoliyatini yakunladi. Bunga sabab...

O`zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev boksdagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda sportchining o`zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma`lum qildi. Uning so`zlariga ko`ra, uning boksdan ketishini otasi so`ragan.

"Uzoq vaqt uyda bo`lmadim va otam meni uyga kelishimni so`radi. Otam bilan juda ham ko`p suhbatlashdik, oz bo`lsa ham bosib o`tgan yo`llarimizni yodga oldik. Men 29 yoshdaman va bugun birinchi marotaba otam sportdagi faoliyatimni yakunlashimni so`radi.

Hamma narsaning bosh va oxiri bo`lganiday sport ham abadiy emas. Meni qo`llab-quvvatlagan barchaga o`z minnartdorchiligimni bildiraman. Men hayotimda yangi sahifa ochyapman. Boksni butkul tashlamayman va bir kun yana ringda bo`lsam faqatgina o`zim uchun ringda bo`laman. O`zimni yangi sohada sinab qoraman, ammo bu sport sohasi emas. Barcha omad", - deb yozib qoldirgshan Shohjaxon Ergashev

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1