1

O`zbekistonlik poygachining "Formula-4" musobaqasidagi debyuti muvaffaqiyatli chiqdi

Sport 24.01.2022, 21:35
Teglar: Ismoil Ahmadxo`jaev
O`zbekistonlik poygachining "Formula-4" musobaqasidagi debyuti muvaffaqiyatli chiqdi

O`zbekistonlik avtopoygachi Ismoil Ahmadxo`jaev 2022-yil 20-23-yanvar kunlari “Xcel Motorsport” jamoasi tarkibida Birlashgan Arab Amirliklarida bo`lib o`tgan “Formula-4” chempionatining birinchi bosqichida ishtirok etdi.

O`zbekiston sportchi birinchi raundning barcha 4ta poygasida ham belgilangan marrani bosib o`tdi. U mos ravishda 23, 19, 19 va nihoyat so`nggi bosqichda 20-o`rinlarni egalladi. Musobaqada jami 27 nafar poygachi ishtirok etdi.

Ta`kidlash joiz, “Formula-4 UAE Championship-2022” xalqaro turnirida dunyoning 9 mamlakati nomidan qatnashgan 13ta turli jamoaning eng kuchli pilotlari musobaqalashdi. Ular orasida Belgiya, Gollandiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Shveytsariya, Irlandiya, Daniya, Avstriya, Portugaliya, Finlyandiya, Avstraliya, Hindiston, Meksika, Braziliya, Janubiy Koreya, Tailand, Marokash, BAA va O`zbekiston kabi avtosport olamida o`z o`rniga ega 24ta davlat vakillari g`oliblik uchun bahs olib borishdi.

“Formula-4 UAE Championship-2022” chempionatining keyingi raundi BAAning Dubay shahrida 28-30-yanvar kunlari “Dubai Autodrom” trassasida bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1