AsosiyJamiyat

Andijonda "Ichki ishlar xodimi" qo`lga olindi

'Andijonda "Ichki ishlar xodimi" qo`lga olindi'ning rasmi

Andijonda soxta IIB xodimi qo`lga olindi.

Viloyat IIB holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro harbiy kiyimlar tikish bilan shug`ullanuvchi savdo do`konidan 3.000.000 so`mga ichki ishlar organlarining barcha mavsumiy kiyimlarini to`liq holatda tiktiradi. U ushbu kiyimda bir necha marotaba Andijon shahriga kelgan va fuqarolarga o`zini  ichki ishlar xodimi sifatida tanishtirgan.

Ularga turli masalalarda qonuniy yordam berishligini aytib, tamagirlik yo`li bilan pul talab qilgan.  

IIV ShXBB Andijon viloyati bo`yicha boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida fuqaro T.U 2021 yilning dekabr oyida Andijon shahar, Sarvontepa MFY, Sujjat ko`chasi 11-uyda yashovchi fuqaro Q.F.dan fuqarolik pasportini yangilab berish evaziga 1.100.000 so`m miqdorda, shuningdek, Q.F.ning turmush o`rtog`i U.O.dan nikoh guvohnomasi qildirib berish evaziga 900.000 so`m pullarni tamagirlik yo`li bilan olganligi ma`lum bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo`yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar