AsosiyJamiyat

Kuchli qor sabab Istanbulga parvozlar vaqti o`zgardi - "Uzbekistan Airways" 

'Kuchli qor sabab Istanbulga parvozlar vaqti o`zgardi - "Uzbekistan Airways" 'ning rasmi

Avvalroq Istanbuldan O`zbekistonga uchadigan samolyotlarning parvoz vaqtlari o`zgargani haqida ma`lum qilgan edik. Bunga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo`lgan edi. Turkiyada hozir ham kuchli qor bo`roni kuzatilmoqda.  Shu sababli, "Uzbekistan Airways" yo`lovchilar va kutib oluvchilar diqqatiga yana bir o`zgarish haqida xabar berdi.

Unga ko`ra, Istanbul xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (kuchli qor, ko`rishning etarli darajada emasligi) sharoiti tufayli, faqat 2022 yil 25 yanvar kungi HY – 271 Toshkent – Istanbul reysi vaqti 07.40 dan 13.00 ga ko`chirildi, Istanbul – Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY-072 reysi vaqti 12.30 dan 17.50 ga ko`chirildi (Istanbul vaqti bilan).

Shuningdek, Urganch – Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY-056 reysi vaqti 16.20 dan 20.05 ga o`zgartirildi.

    Boshqa yangiliklar