“Parrandachilik tarmog`ini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–100-son, 24.01.2022 y.) qabul qilindi.
Unga ko`ra, 2022 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 yanvargacha QQS to`lovchisi bo`lgan parrandachilik xo`jaliklariga – o`z xo`jaliklarida etishtirilib, sotilgan parranda go`shtining har bir kilogrami uchun subsidiya miqdori 2 500 so`m etib belgilandi.
Ma`lumot uchun, ilgari bu miqdor 1000 so`m edi.
Eslatib o`tamiz, subsidiya QQSdan vaqtinchalik ozod qilish bo`yicha imtiyoz amalda bo`lgan davr uchun ham to`lanadi.