AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik deb topilgan sahifalar va kanallar e`lon qilindi

'Ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik deb topilgan sahifalar va kanallar e`lon qilindi'ning rasmi

Oliy sud qarori bilan ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim sahifalar va kanallar ekstremistik deb topildi. 

Ma`lum qilinishicha, Oliy sudning 2021 yil 24 dekabrdagi hal qiluv qaroriga ko`ra,  ijtimoiy tarmoqlarga joylangan  bir qator materiallar ekstremistik materiallar deb topildi hamda ushbu materiallarni O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tarqatish, namoyish etish hamda saqlash taqiqlandi.  

Jinoyat kodeksining 244(1)-moddasiga asosan ushbu materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo`ladi.

To`liq ro`yxat bilan Adliya vazirligi rasmiy veb-sayti hamda Ochiq ma`lumotlar portali orqali tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar