Energetika vazirligi Matbuot xizmati O`zbekistonda yuzaga kelgan elektr uzilishi sababini ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun soat 10:57 da Qozog`iston Respubliksi elektr tarmog`ida katta avariya bo`lishi natijasida Olma-ota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr eenergiya ta`minotida o`chishlar yuzaga keldi.
Buning natijasida Qirg`iziston elektr tarmog`ida, jumladan Bishkek, O`sh va boshqa barcha shaharlarda elektr energiya o`chishi kuzatildi.
Yagona elektr tarmog`iga ulangan O`zbekiston elektr tarmog`i bu avariyaning salbiy ta`siri natijasida Qozog`istondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastotani keskin o`zgarishi oqibatida Toshkent IESi, Sirdaryo IESi da avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stansiyani ham avtomatik ravishda o`chishiga olib kelgan.
Natijada Farg`ona va Toshkent shahri va viloyati, Farg`ona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi o`chdi.
Hozirgi vaqtda qo`shni davlat tarmoqlaridan uzgan holatda har bir IESlarni alohida ishga tushirib, bosqichma-bosqich tarmoqlarni ulab, ishga tushirish choralari ko`rilmoqda.
Avariya tavsilotlari bo`yicha qo`shimcha ravishda axborot beriladi.